Estrada YuLDuZLaRi - Singillarim (soundtrack)
 

 
Qo'shiq Matni
 
Zor ko'nglimni obod qilgan ko'ngillarim
Ota uyda qo'shday ruhi yengillarim
O'zga uyga yig'lab ketar bo'ldingizmu
Xudo bersin baxtingizni singillarim
Qizi bor uy karvonsaroy bozor ekan
Qizi borning savdolari bisyor ekan
Tayyoriga kelgan yanga ayyor ekan
Ota uyda qo'shday ruhi yengillarim
Xudo bersin bahtingizni singillarim
Siz edingiz bolalikdan hamrohimiz
Har yaxshiyu yomon kunda ogohimiz
Endi oyda bir uchrashar nigohimiz
Xudo bersin bahtingizni singillarim
Kuzatar chog' sizni xatto eng bag'ritosh
Otalar ham bo'zlab qoladi ko'zida yosh
Sizga bo'lsin shirin g'amlar bo'lsin yo'ldosh
Ota uyda qo'shday ruhi yengillarim
Xudo bersin bahtingizni singillarim
Qiz chog'ingiz go'yo oqdi anhorlarga
Quchog'ingiz to'ldi bugun yor-yorlarga
Oq tonglarni o'rang endi ohorlarga
Xudo bersin bahtingizni singillarim
Sovchi so'rab kelguncha to qo'lingizni
Ololmaymiz guldan nozik ko'nglingizni
Chaqaloqlar obod qilsin uyingizni
Xudo bersin bahtingizni singillarim
Tin oladi xatto quyosh ufqqa botib
Sizchi tunni o'tkazasiz alla aytib
Har ne bo'lsa ko'z yosh bilan kelmang qaytib
Xudo bersin bahtingizni singillarim
Qo'sh beshiklar endi yolg'iz sirdoshingiz
Toshdan bo'lsin endi sabr bardoshingiz
Marjon bo'lib to'kilmasin ko'zyoshingiz
Ko'ray yuksak tahtingizni singillarim
Xudo bersin bahtingizni singillarim



Установи современный и быстрый браузер!
Загрузка...



-MiLano- 6 780 17.08.15
Возможно вас также заинтересует
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Reklama
Reklama

Reklama
Reklama
Reklama
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.