Загрузка...
Android’dan zudlik bilan o‘chirish kerak bo‘lgan 5 ta dastur
"Layfxaker” Android’dan zudlik bilan o‘chirish kerak bo‘lgan eng mashhur va eski dasturlarni sanab o‘tdi.
 

Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar

Facebook ijtimoiy tarmog‘i juda ko‘p sonli tizim resurslarini sarf qiladi va mobil gadjetning batareyadan ishlash muddatini ancha qisqartiradi. AVG Android App Report’ning yillik hisobotiga ko‘ra, aynan Facebook mobil dasturi Android platformasidagi eng "yebto‘ymas” dasturlar reytingida yuqori o‘rinlarni egallaydi.

Buning o‘rniga, Facebook mobil versiyasini har qanday zamonaviy brauzer orqali kirib ishlating. Funksiyalari biroz farq qilsa-da, batareya sarfi kamaygani qoladi.

The Weather Channel va boshqa ob-havo dasturlari

Dasturdagi animatsiyalangan oboylar, meteorologik xaritalar, interaktiv vidjetlarning barchasi qurilmaning tezkor xotirasini egallaydi, har besh daqiqada internetga ulanadi va shu tariqa, batareya quvvatini "yeb qo‘yadi”.

Buning o‘rniga Google’ning ob-havo prognozidan foydalanish mumkin, u bir hafta uchun eng ishonchli ma’lumotni taqdim etadi.

AntiVirus FREE va boshqa antivirus dasturlari

Telefoningizga begona va shubhali manbalardan olingan dasturlarni o‘rnatmasangiz, antivirus sizga kerak emas. Google kompaniyasi o‘z do‘konining tarkibini diqqat bilan nazorat qilib boradi va undan potensial xavfli bo‘lgan elementlarni darhol o‘chiradi, shu tufayli antivirusning doimiy faol bo‘lgan monitoringi smartfoningizni bekorga sekinlashtiradi.

Agar gadjetning "salomatligi” bo‘yicha qandaydir shubhalaringiz paydo bo‘lsa, antivirus o‘rnating, skanerlang, so‘ng o‘chirib tashlang.

Clean Master va boshqa tizim optimizatorlari

Bunday dasturlarning ko‘pchiligi yo umuman hech narsani bajarmaydi, yo faqat zarar keltiradi. Keshni tozalash, eski dasturlar qoldiqlarini o‘chirishni ichki tizim asboblari yordamida ham amalga oshirish mumkin. Xotirani tozalash aslida Android ishini va dasturlar ishga tushishini sekinlashtiradi, xolos.

Defolt brauzer

Ba’zi ishlab chiqaruvchilar va chetdan olingan proshivkalar ishlab chiquvchilari o‘z mahsulotlarini maxsus brauzer versiyalari bilan ta’minlaydi. Ular reklama beruvchilar saytlariga linklar va sizga kerak bo‘lmagan boshqa kontentga to‘la bo‘ladi. Bunday dasturni umuman ishlatmagan ma’qul, mumkin bo‘lsa, uni tizimdan o‘chirib tashlang.

Manba: Daryo




Загрузка...


Kripton 2 626 26.04.16
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Reklama
Reklama FAYZFM.UZ

Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Reklama
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.