Apple eski Iphone’larni qayta ishlash orqali 40 mln dollar ishlab topdi
 

Apple kompaniyasi 2015 yilda eski ayfon va kompyuterlardan 999,7 kg oltin oldi, bu oltinning qiymati 40 mln dollarni tashqil qiladi, deb yozmoqda Business Insider nashri.

Kompaniya o'z mahsulotlarini qayta ishlash yo'li bilan deyarli bir tonna oltin olgani kompaniyaning atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha sa'y-harakatlari haqidagi har yillik hisobotida aytilgan.

Hammasi bo'lib Apple eski qurilmalaridan 27,5 ming tonna qimmatli moddalar, jumladan po'lat, alyuminiy, shisha olishga muvaffaq bo'lgan. 

Fairphone tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, smartfonlar ichidagi detallarda o'rtacha 30 milligramm oltin saqlanadi.

Apple har yili oltin saqlovchi millionlab ayfonlar, kompyuterlar va boshqa qurilmalarni qayta ishlaydi.

&htimol, qayta ishlashga bir nechta oltindan ishlangan Apple Watch soatlari ham yuborilgan bo'lishi mumkin, ularning har birida 50 grammdan ko'proq oltin bor.

Manba:Kun




Установи современный и быстрый браузер!
Загрузка...


Haker_9779 906 17.04.16
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Reklama
Reklama

Reklama
Reklama
Reklama
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.