Загрузка...
Foydalanuvchilar sanani o‘zgartirish orqali iPhone’ni “buzish” yo‘lini topdi (Video)
64 bitli protsessorga ega iOS-qurilmalardagi sana 1970-yil 1-yanvarga o‘zgartirilsa, ular ishlamay qoladi, deya xabar bermoqda Meduza bir qator nashrlar, shuningdek, sanani o‘zgartirish jarayonini videoga olgan blogerlarga tayanib.
 
 

Nosozlik iPhone 5s va undan katta modellar, iPad Mini’ning 2-versiyasi va undan keyingilari, iPad Air va iPad Pro’da kuzatilishi mumkin. Sana kiritilgach, iOS’da ishlovchi qurilma yonmay qoladi.

Foydalanuvchilar yozishicha, akkumulyatorni uzish orqali smartfonni hayotga qaytarish mumkin, biroq buni uy sharoitida bajarish qiyin. Ba’zi foydalanuvchilar ta’kidlashicha, iPhone bir necha soat ishlamay turgach yoki SIM-kartasi o‘zgartirilgach, qayta ishlab ketadi.

Shu paytgacha iOS’dagi bunday nosozlik haqida ma’lum bo‘lmagan.

1970-yil 1-yanvar UNIX va POSIX’ga mos keladigan operatsion tizimlarda vaqtni hisoblash nuqtasi hisoblanadi. Taxminlardan biriga ko‘ra, iOS’dagi nosozlik shu bilan bog‘liqki, sana 1970-yil boshiga o‘tkazilganida operatsion tizim vaqtning manfiy qiymatini qabul qiladi.

DIQQAT VIDEO TAS-IX EMAS


 

 
Manba:Daryo


Загрузка...


SMART AB 2 092 15.02.16
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
XITOYSAVDO.COM

Reklama

Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.