Загрузка...
“Barselona” futbolchilari “Real”ga qarshi o‘yinda Yoxan Kroyff sharafiga bag‘ishlangan yozuvli futbolkalarda maydonga tushadi
"Barselona” jamoasi futbolchilari "Real”ga qarshi Ispaniya chempionati 31-turida 24-mart, payshanba kuni 68 yoshida vafot etgan kataloniyaliklar sobiq hujumchisi Yoxan Kroyff sharafiga bag‘ishlangan Grácies Johan ("Rahmat, Yoxan”) yozuvli futbolkalarda maydonga tushadi. Bu haqda "Chempionat” xabar bermoqda.
 
 

Yoxan Kroyff "Barselona” tarkibida 1973–1978-yillarda to‘p surgan va bir martadan Ispaniya chempioni va mamlakat Kubogi sohibi bo‘lgan. 1988–1996-yillarda esa u jamoaga murabbiylik qilgan. Ushbu vaqt mobaynida Kroyff kataloniyaliklar bilan to‘rt marta Ispaniya chempionati, uch marta Ispaniya Superkubogi va bir marta Ispaniya Kubogida g‘alaba qozondi. Shuningdek, gollandiyalik mutaxassis qo‘li ostida "Barselona” Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogi va Kuboklar egalari kubogi sohibi bo‘lgan. Bundan tashqari, Kroyff uch karra "Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona” va "Real” o‘rtasidagi navbatdagi "El-Klasiko” 2-aprel, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.

Manba:Daryo



Загрузка...


Haker_9779 1 884 02.04.16
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Reklama
Reklama FAYZFM.UZ

Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Reklama
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.