Загрузка...
Xonanda Lola to‘ydan keyin qanday uddaburon kelin bo‘lganini so‘zlab berdi
 
Xonanda Lola "Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida, turmushga chiqqanidan keyingi dastlabki davrda singlisi va yaqin dugonasi unga qanday yordam ko‘rsatgani haqida so‘zlab berdi.
 

"Katta hovliga kelin bo‘lganman. Supur-sidir, uy ishlari — hammasiga ulgurishim qiyin edi. Uydagilar ketishgach, dugonam Nargiza bilan singlim Anora yordamga kelardi”, — dedi xonanda.

"Kechgacha ko‘cha, hovlini supurardik, kir yuvardik, oyna artardik, ovqat pishirardik. Keyin hech kim kelmasidan ular ortga qaytishardi. Hozir kulib eslayapmizu, lekin dugonam va singlim bo‘lmaganida, bilmadim, nima qilardim”, — dedi Lola.

"Sug‘diyona” muxbirining: "Uddaburon kelin bo‘lgan ekansiz-da. Bu hiylangizni hech kim sezmaganmi?”, — degan savoliga, Lola kulib shunday javob berdi: "Birinchi marta sizga aytyapman”.

Ma’lumot uchun, Lola 2005-yili turmushga chiqqan, 2011-yilda ajrashgan. Xonanda so‘nggi intervyularidan birida: "O‘z qalbim sohibi bilan oila qurganimda, bundan sobiq erim ham mamnun bo‘ladi, degan fikrdaman”, — degandi.

Manba:Daryo



Загрузка...


BeK-007 10 040 13.02.16
Возможно вас также заинтересует
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Reklama
Reklama

Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Reklama
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.