Загрузка...
Xonanda Tamila: Xuddi menga o‘xshaydigan qizni topib, videoga tushirib, so‘ng tarqatishgan
 

Xonanda Tamila (Esmeralda Rahmatova) internetda tarqalib, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan axloqsiz videolarning birida o‘zi aks etgani haqidagi avvalgi izohini rad etdi. Bu haqda "Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

 

"Bilasizmi, sha’nimga shunchalar ko‘p e’tiroz yog‘ildiki, oxiri ko‘rinmayapti. Lekin ikkita videodagi qiz ham men emasman. Bu menda xusumati bor odamlarning ishi, deb bilaman. Xuddi menga o‘xshaydigan qizni topib, tasvirga tushirib, tarqatib yuborishgan”, — dedi Tamila.

Shov-shuvli videolar tarqalgan ilk kunlarda Tamila "Sayyod.com”ga bergan intervyusida videolarning birida o‘zi tasvirlanganini tan olgandi.

"O‘sha kuni ‘Sayyod.com’ saytidan Sardor Komilov qo‘ng‘iroq qilib, ‘Ikkita videodagi sizmi?’, deb so‘radi va u nima haqida gapirayotganini tushuntirmadi. O‘zining loyihalaridagi videolarni nazarda tutayotgandir, degan o‘yda: "Ha, bittasidagi menman”, deganman. Ochig‘i, o‘sha damda nima bo‘layotganini tushunmay turgandim”, — dedi xonanda.

"Darakchi” gazetasi so‘roviga ko‘ra, "Sayyod.com” sayti Tamila bilan bo‘lgan qo‘ng‘iroq audioyozuvini taqdim etgan. Unda Sardor Komilovning: "Hammayoqda shov-shuv. Ikkita video tarqalgan?”, — degan savol ohangidagi gapiga, Tamila: "Juda yaxshi, ikkinchisi meniki emas, birinchisidagi menman”, — deb javob bergan. Izoh so‘ralganida, Tamila: "Yo‘q, izohlay olmayman”, — degan.

Bir muddat avval Tamila deb taxmin qilinayotgan qizning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuv messenjerlarda tarqalib ketgandi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri Najot Agzamov u bilan shartnomani bekor qildi, "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi esa xonandaning litsenziyasini tugatdi.

Manba:Daryo



Загрузка...


BeK-007 10 533 13.02.16
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
XITOYSAVDO.COM

Reklama

Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.