O‘zbekiston IIV jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi ishga tushirildi

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining guin.mvd.uz elektron manzilida virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslar boshqarma faoliyatiga taalluqli shikoyat, ariza va takliflarini onlayn tarzda jo‘natishi mumkin. Yuborilgan murojaat maqomini tekshirish imkoniyati mavjud. 

Oldinroq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining virtual qabulxonasiochilgandi. Mazkur qabulxonaga yo‘l harakati xavfsizligi, pasport va viza, huquqbuzarlik holatlari, tergov, yong‘in xavfsizligi va IIV faoliyatiga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaat etish mumkin. 

Ma’lumot uchun, oxirgi oylarda turli darajadagi ichki ishlar idoralari rahbarlari viloyatlarda sayyor qabullar o‘tkazib, aholini qiziqtirayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqdi. 

 

Manba:Daryo



Установи современный и быстрый браузер!
Загрузка...


HacKeR_763 1 108 03.01.17
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Reklama
Reklama

Reklama
Reklama
Reklama
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.