Загрузка...
Yozilmagan Hayot.


Yosh yozuvchi Ismoilga pochchasi Sayfulla aka:
??” Fargʻonaga bir bormoqchiman. Dovondan oʻtib. Hech koʻrmaganman, ??” dedi. ??” Qoʻyliqdan toʻrt-besh soatlik yoʻl ekan.
??” Mashina tutib nima qilasiz? Oʻzim obboraman, ??” dedi Ismoil.

Sayfulla aka Qoʻyliqdan ichkariroqda, qishloqda yashar edi. Yoshlikda tabelchi, suvchi boʻlgan, keyin ancha yil pochtada ishlagan. Oldin eshakda, keyin ?«shayton-arava?»da xat, gazeta-jurnal tashib umri oʻtgan edi. U bukirmi-qiyshiqmi, Kvazimodaga oʻxshagan besoʻnaqay kishi. Lekin oʻsha, Kvazimodaga oʻxshab muhabbatli qalbi bor edi. Ismoil uch yilcha burun bahorda opasi Rohilaning qabri boshida pochcha bilan yonma-yon turganida, uning koʻzlari nurlanib ketgan, allanechuk shirin xoʻrsinib:
??” Yana bir oz yashamadi-da! ??” degan, oʻsha soniyada bizning yosh yozuvchimiz bular faqat er-xotin emas, orada katta bir muhabbat ham boʻlganini his etgan edi.

Rohila dunyodan oʻtgach, Sayfulla aka qaytib uylanmadi. Muhabbatdan tashqari, aftidan, xotiniga tegishli jigarlardan uzoqlashgisi kelmadi. Shu boisdandir, u ham bu tomondagilar uchun ?«har qachongi pochcha?» boʻlib qolavergan edi.

Fargʻona safari haqidagi gapdan bir hafta oʻtgach, ular yoʻlga chiqishdi.

Avvalida, mashina Qamchiq dovoniga yaqinlashgunicha indamay ketishdi. Sayfulla aka oʻzi kamgap edi. Ismoil esa yoʻlga tikilib, xayol surib borardi. Dovon boshlangach, u bexos joʻshdi:
??” Oldinlar bu yoʻl tor, xatarli edi. Qishda butunlay yopib qoʻyishardi. Bir gal tumanda, yana mashina buzilib qolib, rosa ovora boʻlganman. Endi mashinalarni qarang! Goʻyo shahar ichida yuribdi! ??” Ismoil biroz tin olgach, soʻzini davom ettirdi. ??” Atrofning goʻzalligi! Odamlar Shveytsariya deydi. Mana, sizga Shveytsariya!
??” Ha chiroyli, ??” dedi Sayfulla aka togʻlarga qaraganicha. Keyin xijolat chekib, qoʻshib qoʻydi: ??” Siz doim bandsiz. Sizni yozishdan qoldirdim.
??” Ey, ishim yaxshi. Yozishdan oldin oʻylash ham kerak, ??” dedi Ismoil. ??” Hozir gʻalati bir narsalar ustida ishlayapman.

Uning shapaloqdek ikkita kitobchasi chiqqan, ularni pochchaga bergan edi. U pochchasi aqlli ekanligini bilardi. Zeroki, afti-angorini koʻrib xunukmi-tasqarami, desa boʻlaveradigan bu odamni qishloqda hurmat qilishardi. Lekin pochcha hayot sharoiti majbur qilib, yettinchi sinfdan nariga oʻtmagan. Savod darajasi qanday ??” Ismoil bilmas edi. Bergan kitoblari haqida, u oʻqimagan, mayli, opamning eri boʻlgani uchun berdim, oʻzi vaqtida tarqatgan gazeta-jurnallardan birontasini ham oʻqimagan boʻlsa kerak, deb oʻylar edi. Shunday fikri borligidan, shu kunlar ?«qogʻozga tushayotgan?» bir voqeani Ismoil, bolaga ertak aytgandek ?«soddaroq?» qilib Sayfulla akaga aytib berishga tutindi. Aytmas ham edi-ku, yoʻlda suhbat ishtiyoqi uning tili tugunini yechvordi.
??” Bu rivoyatmi, shunaqa... Qadimda bir boy boʻlgan ekan. Xotini oʻlgan... kechirasiz! ??” farzandi yoʻq ekan. Oʻlishidan oldin bir juma kuni masjidga chiqib, musulmonlar, dunyodan oʻtganimda kim men bilan bir kecha qabrga kirib yotsa, yiqqan tillamni bitta qoldirmay, oʻshanga beringlar, deb e??™lon qilibdi. Boy koʻz yumgach, juda kambagʻal bir yigit oʻrtaga qoʻyilgan shartni boʻyniga olib, tobutning oldiga tushibdi. Boshini egib ketayotsa, yerda yotgan qandaydir arqonni koʻribdi. Shunchaki ilib, beliga bogʻlabdi. Qisqasi, jamoa boyni goʻrga joylab, haligi yigitni ham tuynukdan kiritib yuboribdi. Tosh bosib, tuproq tortishibdi. Koʻp oʻtmay, yigit qarasa, roʻparada Munkar-Nakir turishibdi. ?«Bular ikkita ekan?» ??” debdi Munkar. ?«Yoshidan boshlaylik?» ??” debdi Nakir. ?«Yoʻlda yotgan arqonni birov tushirib qoldirgan edi. Seniki emasdi. Nega olding??» ??” deb soʻrabdi Munkar. Yigit chaynalgan ekan, Nakir boshiga gurzi bilan tushiribdi. Ertalabgacha shu arqon ustida soʻz boribdi. Yigit necha marta yakson boʻlib, necha marta oʻz holiga qaytibdi. Ertalab qabrni ochishsa, yigit chiqa solib, duch kelgan tomonga qarab qochibdi. Uni tutib, nega bunday qilyapsan, deb soʻrashsa, bir quloch arqon uchun koʻrganimni-koʻrdim, qochmasdan tillani olsam, oʻlganimda bunga qanday javob beraman, debdi...
??” Yaxshi hikmat ekan! Barakalla! ??” dedi pochcha. ??” Lekin notoʻgʻri.
??” Nimasi notoʻgʻri? ??” deb xafa boʻldi Ismoil.
??” Koʻp joyi...
??” Buni xalq toʻqigan.
??” Xalq katta. Har kimning gapi har xil. Mullaning gapi bor. Boyning gapi bor. Kambagʻalning... Ana, kambagʻallik ayb emas, deydi. Buni boylar toʻqigan. Kambagʻal chidasin, norozi boʻlmasin, deb... Xalq dono! Lekin gap doim ham hayotga mos chiqavermaydi...
??” Aytavering, pochcha, ??” dedi ajablanib-sarosimalangan Ismoil endi xafaligi tarqab. ??” Men uchun muhimi, rivoyat.
??” Ha, albatta, ??” deb oʻyga choʻmdi Sayfulla aka. ??” Rivoyatda mol-mulkka hirs qoʻyma, omonatga tegma, mazmunida hikmat kelgan. Lekin gapning tagida boy boʻlgandan kambagʻal boʻlgan ma??™qul, qabilida ma??™no ham yotibdi. Bunisi toʻgʻri emas. Dunyoda hamma toʻq-toʻkin yashashni istaydi... Boy uchragan kishiga boyligini qoldirmaydi. Goʻriga kirib-chiqsa ham! Biz eshitganmiz, boylar koʻpincha oʻlayotib ham, mol-mulkini bir joylarga berkitgan. Koʻmgan. Boylikka beparvo, saxiy, vallomat kishi ham! Yigit qabrga kirib yotgani yolgʻon. Ming diydasi qattiq boʻlmasin, yuragi yoriladi. Oʻlgan deb adashib tirik koʻmilganlar ham tezda chiqishga uringan, chiqolmaganiga yuragi dosh bermagan. Kechasi qabristondan oʻtganida qoʻrqqanidan oʻlgan qancha! Yoʻlda yotgan arqonni olgan yigitning tillaga qaramasligi boʻlmagan gap. Boylik qoʻlga kirishini bila turib, bundan kechgan odam devona yoki avliyosifat boʻlishi kerak. Odamning fojiasimi, baxtimi, azobdan qutuliboq azobni unutishi! Azob bilan bola tuqqan ona uch kunda buni unutadi... Munkar-Nakir ahmoq emas, tirikni ajratolmaydigan. Ular jon ham ato qilolmaydi. Bu ??” Oʻlish bilan tirilish, yolgʻiz Xudoga tegishli!

Ismoil pochchasining fikrlari bahsli, rivoyat shubhasiz, olimlar aytgan ?«shartli holat?» tarzida ?«yashashga haqli?» ekanligini oʻyladi. Ammo bir tomondan, buni endi bor-boricha yozolmasligiga qanoat hosil qilgan, ikkinchi tomondan, Sayfulla akaning ?«savodi darajasi?»ni his eta boshlagan edi.
??” Eshiting. Boshqasi. Hozirgi hayot, ??” dedi Ismoil. ??” Mana shu Qamchiq bilan bogʻliq, ??” uning ovozi, kayfiyatidan yozayotgan ?«zamonaviy?» voqea pochchaga rivoyatdan koʻra koʻproq yoqishiga umidlanayotgani sezilib turardi. Aksar yosh yozuvchilar kabi u ?«asar?»iga birov fikr bildirishini istar va e??™tirozli fikr chiqsa, darhol ?«oqlanishga?» tushar edi. ??” Korchalon bir boshliq qoʻli ostida ishlagan Suyun va Davron degan ikki yigitni xonasiga chaqiradi. Dovondan oʻtib, Dangʻaragacha borasizlar, deydi. U yerdagi bir kishining ismi, turar joyi mana bu qogʻozda belgilangan, bu xaltada ikkita boʻlka non, deydi. Shuni oʻsha odamga berasizlar, keyin Toshkentga qaytib kelverasizlar, deydi.

Yigitlar darhol mashinaga minishadi. Dangʻaraga yetib borib, qogʻozda belgilangan Shohid degan kishining uyini topishadi. Xaltadagi ikkita boʻlka nonni unga berishadi. Shohid ularni ziyofat-zarofat qilib, Toshkentga joʻnatadi. Lekin, yigitlar boshliq buyurgan bu ishning ma??™nosiga tushunishmaydi. Borib-kelguncha yoʻl davomida shu haqda oʻylashadi. Suyun Davronga, Davron Suyunga ogʻiz ochmaydi. Ikkisi ham uyiga kela solib, xotiniga yuragini ochadi. Suyun, xotin, shunaqa-shunaqa boʻldi, deydi. Men tushunmadim, deydi. Boshliq Husniddinov bekorga bir ishni qilmaydi, bu yerda allaqanday sir bor. Xoʻp, nega shuncha yoʻl bosdik? Non yoʻqmi u yerda? Doʻkonu bozorda taxlanib yotibdi. Shohid ikkita boʻlka nonga muhtojmi? Dangʻillama uy-joyda turibdi, dasturxoni shohona. Adashmasam, biz jinoiy bir ishga aralashib qoldik, xotin, deydi. Davron ham, xotinjon, shunaqa gaplar, deydi. U Suyundan ham koʻra koʻproq mulohazaga beriladi. Xudo ursin, nonning ichida bir narsa bor edi, deydi. Maxfiy xatmi? Qimmatbaho buyummi? Qoradorimi? Toʻpponchami? Quruq nonni mashina berib, bizni ovora qilib, Husniddinov shuncha yoʻlga yubormaydi-ku! Men tushunmadim, xotinjon, deydi... Ikki kundan keyin, Shohid idoraga kelib, Husniddinov bilan ancha suhbatlashib ketadi. Olti oydan keyin, Husniddinov boshqa obroʻli ishga oʻtadi. Uning oʻrniga Shohid boshliq boʻlib keladi. Yangi boshliq tez orada Suyunni bu idoraga aloqasiz bir, Davronni ikkinchi ishga oʻtkazib yuboradi. Shu bilan sirli ishning, gapning dumi tugiladi...
??” Yaxshi. Qiziqarli ekan! Ibratli! ??” dedi pochcha. ??” Lekin notoʻgʻri.
??” Nega?
??” Bular ikkisining ham ta??™bi nozik, ??” deganicha uzoqlarga tikildi Sayfulla aka.
??” Suyun bilan Davronmi?
??” Yoʻq. Husniddinov bilan Shohid! Har qanday idora boshligʻi yoki badavlat kishini korchalon, muttaham deb oʻylash toʻgʻri emas. Ular ishning koʻzini bilib, koʻpchilik uchun ahamiyatli-foydali ishlar qilishi mumkin. Asossiz shubhalanib, birovni jinoyatchiga chiqarish xunuk taassurot qoldiradi.
??” Buni aytgan kishi yolgʻon gapirmaydi, ??” dedi yalingudek holda Ismoil.
??” U tushunmagan. Yigitlarga oʻxshab! Non oddiy non, ichida hech narsa boʻlmagan. Esi bor boshliq maxfiy xatni yoqtirmaydi. Kerakli gapni yozsa, yigitlar orqali ham yuboraveradi, ular xatni ochib oʻqimasligi aniq. Qimmatbaho buyum doim qoʻldan-qoʻlga beriladi. Tartib shu. Qoradori, toʻpponcha, hozir bunaqa hunarlar ketmaydi. Postda turgan nazoratchilar darrov ushlaydi. Qonunni buzishga yoʻl qoʻymaydi.
??” Boʻlmasa, sir qaerda? ??” deb soʻradi Ismoil.
??” Oldinlar ham bu voqealar roʻy bergan. Eski bir boy yangi bir boyga yoki katta bir bek kichikroq bekka ikkita zogʻorami, qotgan patirnimi, yuborgan. Buning ma??™nosi: ?«Sen bizning nonimizni yeb odam boʻlganingni unutmayapsanmi? Koʻzingni och!?» degan gap...

Ismoil yana pochchasining fikrlari bahsli, voqeani qaysi shaklda ?«qabul qilish?» oʻquvchining ixtiyorida ekanligini oʻyladi. Muhimi, bolaligidan oʻzi koʻrib-kuzatib yurgan Sayfulla akani ?«tanimagan-bilmagan?»ligini his etdi. Koʻnglida bu oddiy, kamtar insonga nisbatan mehri oshdi.
Yoʻlda necha bora, sizga bergan kitoblarim-chi, ularni oʻqiganmisiz, ularda ham ?«koʻp joyi notoʻgʻri?»mi, deb soʻragisi keldi. Ammo soʻramadi. Qoʻrqdi...


Загрузка...


Gulnoza Sayfiddinova
aGaTo 0 09.12.13
Возможно вас также заинтересует
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Reklama
Reklama FAYZFM.UZ

Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Reklama
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.