Загрузка...
Jack Ma – kambag’al o’qituvchidan, Xitoyning eng badavlat kishisiga aylangan tadbirkor qissasi
http://img.uz/d/2015/04/5536447b99c70.jpg
 
 

Jack Ma – kambag’al o’qituvchidan, Xitoyning eng badavlat kishisiga aylangan tadbirkor qissasi

 
 http://img.uz/d/2015/04/553649ef2264d.png
 
 
 
19-Sentabr, 2014. Nyu-York fond birjasida (New York Stock Exchange) qimmatli qog’ozlarining dastlabki umumiy taklifini boshlagan Xitoyning electron savdo platformasi "Alibaba Group” rahbari Jack Ma (Ma Yun), shu kuni Xitoyning eng badavlat kishisiga aylandi. Hozirda Jack Maga tegishli "Alibaba”ning 7.8% va to’lovlar platformasi bo’lgan "Alipay”ning qariyb 50% ulushining bahosi $25 milliardni tashkil etadi.
 
 
 
http://img.uz/d/2015/04/553644f9977f0.jpg
Nyu-York fond birjasidagi Jack Ma va Alibaba rahbarlari elektron-savdo platformasining muvaffaqiyatini nishonlashmoqda.
 
 
 
 Jack Ma 1964-yilning 15-Oktabrida, o’sha kezlari G’arb va boshqa davlatlardan ancha yakkalanib qolgan kommunistik Xitoyning janubi-sharqida joylashagan Hangzhou shahrida tavallud topadi. Jack Maning yoshligi keskin kambag’allikdan boshlanib, to uchinchi internet loyihasi – Alibaba orqali omadga erishguncha ko’plab qiyinchilik va hayot chig’iriqlaridan o’tadi. Ma ikki marotaba oliygohga kirish imtihonlaridan yiqilgan. Uning qanday bo’lsa ham, ish axtarib qilgan murojaatlarini rad etgan muassasalar orasida KFC (Kentucky Fried Chicken) ham bor.
 
 
http://img.uz/d/2015/04/5536456769cc9.jpg
Bir yoshga to’lgan Jack Ma ota-onasi bilan birga.
 
 
 
Liu Shiying va Martha Averylar muallifligi ostida nashr etilgan "Alibaba” kitobida keltirilishicha, Ma, yoshlikdan urushqoq va raqobatchi tabiatli bo’lgan. Yosh Maning asosiy qiziqqan mashg’ulotlaridan biri, qora chigirtkalarni(Grylloidea oilasiga mansub) yig’ish va ularni urushtirish bo’lib, ularning sayrashidan yaxshi-yomonga ajrata olgani ham kitobda keltiriladi.
 
 

 
http://img.uz/d/2015/04/553645bbe2ac0.jpg
 
 
1972-yildagi AQSH Prezidenti Richard Niksonning Hangzhouga tashrifidan so’ng, shaharga keluvchi sayyohlarning soni keskin oshadi. Maktab o’quvchisi Ma har kuni erta tongdan shahar markazidagi asosiy mehmonxonada qo’nim togan sayyohlarga Ingliz tilida muloqot evaziga, Hangzhouning ko’p ham sayyohlar topib bora olmaydigan sirli va diqqatga sazovor joylarini ko’rsatish va mahalliy aholi bilan yaqindan tanishtirish xizmatlarini taklif eta boshlaydi. Shu asnoda Jack Ma Ingliz tilini amaliy yo’l bilan o’rgana boshlaydi.
 
 
http://img.uz/d/2015/04/55364712c0d05.jpg
 Yosh Ma Amerikalik sayyohlar tengqurlari bilan birga.
 
 
http://img.uz/d/2015/04/553647484cb43.jpg
 maktabni bitirgan Jack Ma uning ota-onasi
 
 
Jack Ma, qashshoqlik nimaligini yaxshi biluvchi milliarderlar qatoridan joy olgan desak mubolag’a bo’lmas. Na ortiqcha mablag’i va na bir kattaroq lavozimdagi tanishi bo’lmagan nochor oiladagi uch farzandning o’rtanchasi bo’lmish Jack Maning hayotda o’z o’rniga ega bo’lishida ilmning ahamiyati kattaligi aniq edi. Ikki marta kirish imtihonlaridan yiqilgan Ma o’z ustida jadal ishlaydi va uchinchi urinishda, Hangzhou O’qituvchilar Institutiga qabul qilinadi va uni 1988-yilda muvaffaqiyatli tamomlaydi. O’z oilasiga yordami tegishini istagan Ma, oliygohni tugatiboq, qator ish joylariga qilgan murojaati rad etiladi. Bir qancha vaqt o’tib u mahalliy universitetda Ingliz tilidan ta’lim bera boshlaydi. Maning o’sha paytdagi maoshi $12ni tashkil etgan edi.
 
 
http://img.uz/d/2015/04/5536478472635.jpg
 
http://img.uz/d/2015/04/553647b29b096.gif
 
 

Internet va dasturlash tillaridan hech ham ma’lumoti bo’lmagan Jack Maning Internetga birinchi qadami 1995-yilda amalga oshgan. Ingliz tarjimoni sifatida Xitoy korxonasi rahbarlari bilan birgalikda AQShga borgan Maga Internet haqida og’iz ochishadi va u birinchi bo’lib "beer” (pivo) so’zini qidirib ko’radi. Chiqqan natijada bironta ham Xitoy pivo mahsulotlarini ko’rmaganidan ajablangan Jack Ma, bu masalani yechishni o’ziga niyat qilib oladi va vatanga qaytishi bilan shu ustida jadal ishlay boshlaydi. Avvaliga ikki loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va to’rt yildan so’ng, 17ta yaqin va turli talantga ega bo’lgan do’stlari bilan Alibaba elektron-savdo loyihasiga asos soladi.
 
 
http://img.uz/d/2015/04/553647e315da6.jpg
 Alibabani tashkil etgan Jack Ma va firmaning ilk ishchilari
 
 
http://img.uz/d/2015/04/553648366a1b2.jpg
Jack Maning fikricha, hursand va sog’lom ishchilar – muvaffaqiyat garovidir.
 
 

Jack Maning Alibaba qarorgohidagi kundalik yumushlaridan tashqari, Tai Chi, Kung Fu va tafakkurni charxlovchi mashg’ulotlar qiziqtiradi. Uning aytishicha, Alibaba orqali topgan davlatiga qimmatbaho buyumlar, saroy kabi xashamatli uylar va mashinalarni sotib olishga qiziqishi va ehtiyoji yo’q.

Jack Ma rahbarligidagi Alibaba elektron-savdo platformasining bahosi xozirga kelib $300 milliardga yetdi. Xitoyda hozirda udumga aylangan mashhur "so’qqaboshlar kuni"ning (har yilning 11-Noyabrida) birinchi 17 daqiqasining o’zida Alibaba $1 milliardlik savdo qildi. Alibaba kunni $9.3 milliard bilan yakunladi. 
 

 
 

 



Загрузка...


Hacker_uzb 3 284 21.04.15
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Reklama
Reklama FAYZFM.UZ

Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Reklama
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.