Загрузка...
“Angry Birds” – jahldor qushlar hikoyasi

"Angry Birds” – jahldor qushlar hikoyasi

 

http://img.uz/d/2015/04/552b9ff171f2e.jpg
 
 

Qushlar bir-birlari bilan ahillik va tinchlikda yashar edilar. Buni ko’ra olmagan g’arazli cho’chqalar bir kuni qushlarning uyasidan tuxum o’g'irlashadi. Cho’chqalarning bu qilmishidan g’azablangan qushlar bir yoqadan bosh chiqarib cho’chqalarni adabini berib qo’yishga kirishishdi.

Finlandiya video o’yinlari korxonasi bo’lmish "Rovio”ning "Angry Birds” o’yini qahramonlari – cho’chqalarni qiyratuvchi jahldor qushchalarning ommabopligi ko’pchilikka sir emas. 2009-yil Dekabrida taqdim etilgan bu o’yinning erishgan natijalari ko’p shov-shuvlarga sabab bo’ldi. 2012-yilning 9-Mayida, "Angry Birds” o’yinining ko’chirib olib o’ynalgani soni 1 milliardga yetgani e’lon qilindi. Shu ko’rsatgichning 25 foizi sotib olingan o’yinlarga to’g'ri keladi. Tashkilot rahbari Mikael Hedning aytishicha, Rovio 2013-yilda birlamchi aksiyalar taklifi (IPO – initial public offering) bilan bozorga chiqishni mo’ljallagan. Tahlilchilarning so’nggi ma’lumotiga ko’ra, Rovio korxonasi $9 milliard atrofida baholangan.

Rovioga Finlandiyaning Helsinki Universiteti talabalari, Niklas Hed, Jarno Väkeväinen, va Kim Dikert tomonidan 2003-yilda asos solingan. Rovioning "Angry Birds”dan avvalgi yaratgan 51ta o’yini korxonaga ko’p ham daromad keltirmagan. 2009-yilning boshiga kelib, Rovio inqirozga uchrash arafasida edi. Rahbarlar boshchiligida 6 oy davomida Rovio jamoasi €100,000 sarf qilib "Angry Birds” o’yinini yaratdi va ommaga taklif etdi. Xozirgi kunga kelib, Rovio bu mashhur o’yinni iOS, Android va shaxsiy ko’pyuterlar uchun sotish bilan birga, o’yin qahramonlarining yumshoq o’yinchog’idan tortib, kiyim-kechak va uy jihozlarini sotish bilan daromad topayapti. 2011-yildagi hisobotlarga ko’ra, Rovio $99 million miqdorida daromad ko’rgan. Bu daromadning 2010-yildagi $10 milliondan ancha ko’pligi korxonaning qanchalik tez suratda o’sayotganligidan dalolat beradi. Xozirgi kunda Rovioning Finlandiyadagi ikkita, Shanghai va Stokgolmdagi ofislarida 350dan ortiq ishchi faoliyat ko’rsatmoqda. Rovioning so’nggi loyihalaridan biri – "Angry Birds Land” bolalar dam olish maskani shu oy Helsinkida ishga tushdi.




Загрузка...


Hacker_uzb 2 742 13.04.15
Возможно вас также заинтересует
Комментарии
Информация! Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
XITOYSAVDO.COM

Reklama

Reklama ZVER.UZ TAS-IX
Reklama
Загрузка...
Top 8
Реклама
Статистика
Индекс цитирования.